“ENG FAOL INNOVATOR AYOL” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Jamiyatimizda xotin-qizlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab- quvvatlash, iqtidorli xotin-qizlarning ixtirochilik va innovatorlik darajasini aniqlash, xotin-qizlar orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish, ularning innovatsion g‘oyalarini, loyihalarini va texnologiyalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida “Eng faol innovator ayol” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirok etish uchun korxona tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan ayollar ariza topshirdilar. Ishtirokchilar tannlov o‘tkazish bo‘yicha jamiyat rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Nizomga asosan, ya’ni, ilmiy-innovatsion loyiha mavzulari (energiya tejamkor, ekologik muammo yechimi, ishlab chiqarish jarayonlarini mukammallashtiriuvchi, import o’rniniqoplovchi, korxona harajatlarini tejovchi va korxonaga qo‘shimcha daromad keltiruvchi),asoslangan takliflari, shuningdek, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlari asosida o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar.
Shu o‘rinda, ishtirokchilarni shaffof va odilona baholash uchun o‘z kasbini ustalari, texnologiya bo‘yicha bosh mutaxassislardan hakamlar hay’ati a’zolari belgilab olindi. Hakamlar a’zolari har bir ishtirokchi loyihasining innovatsiyasi - yangiligi va dolzarbligi aniq yoritilishi bo‘yicha baholab bordilar. Taqdimotlar yakunida qatnashuvchilarga savollar berildi.
Uzoq munozaralardan so‘ng hakamlar hay’ati o‘rinlarni quyidagi tarzda belgiladilar. 1-o‘rinni Sinov laboratoriyalari kompleksi laboranti Dilnoza Abdumajitova o‘zining “Kukunsimon mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni realizatsiya qilish”, 2- o‘rinni Mochevina ishlab chiqarish sexi laboranti Umida Sharipova “Olovli va gazga xavfli ishlarning bajarish xavfsizligini ta’minlash maqsadida, havo muhitining tarkibiy tahlil natijalarini aniqlash samaradorligini oshirish” hamda 3- o‘rinni Sinov laboratoriyalari kompleksi laboranti Shohista Mamadaliyeva “Natriy sulfat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” loyihalari bilan egalladilar.
Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayramida 1-o‘rin - 5 000 000 so‘m, 2-o‘rin - 3 000 000 so‘m va 3- o‘rin - 2 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan tantanovor ravishda taqdirlanadilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati