Ру O`z En

“FAG‘ONAAZOT” AJDA “KIBER XAVFSIZLIK” BORASIDA SEMINAR UYUSHTIRILDI

Virtual olamdagi kiberhujumlardan himoyalanish, bu borada xodimlar bilimlarini oshirish, davlat rahbarimiz tomonidan qabul qilinayotgan bir qator qonunlar bilan tanishtirish hamda ularni jamiyatga tatbiq etish yuzasidan seminar tashkil etildi.   

   Korxona ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar boshqarmasi boshlig‘i Mahmud Qayumov seminar ishtirokchilarini Konunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Kiber xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmoni va boshqa qonuniy hujjatlar bilan tanishtirib o‘tdi.

  Shu o‘rinda, u axborotlashtirish ob’ekti, kiber jinoyatchilik, kiber makon, kiber tahdid, kiber hujum, kiber xavfsizlik, himoyalar hamda muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlari borasida gapirib o‘tdi. Yo‘l xarakati qoidalari bo‘yicha qabul qilingan bir qator qonun va qoidalarni ham o‘qib eshittirdi.

  Seminarni olib borgan boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millaboyev, yuqorida aytib o‘tilgan masalalar bo‘yicha tegishli bo‘lim va boshqarmalarga topshiriqlar berib o‘tdi. Shuningdek, korxonamiz logistika boshqarmasi va avtotransport sexi rahbarlariga jamiyatimiz haydovchilarning ish faoliyati bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etish taklifini kiritdi.

  Korxonamiz xavfsizligini himoya qiladigan bo‘limlar korxonamiz ichki ma’lumotlarini himoya qilish, kiber xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, ishchi-xodimlarni jamiyatimizning ichki tartib qoidalariga kat’iy amal qilishlariga chaqirdi.

 

 

“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech