"FARG‘ONAAZOT" AJ VA KIUF: HAMKORLIKNING YANGI NUQTALARI
Bugun, "Farg‘onaazot" AJga tashrif buyurgan Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro Universiteti (KIUF) vakillari korxonaning ishchi-xodimlari bilan uchrashdi.
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlarni tayyorlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuv "Farg‘onaazot" AJ xodimlari uchun mintaqadagi yetakchi o‘quv muassasalaridan biri bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
KIUF vakillari – Darmonov Dilmurod, Park Taekung va Turdiyev Bilol – universitetning tashkil topish tarixi, professor-o‘qituvchilar tarkibi, texnik va ilmiy bazasi haqida ma’lumot berishdi.
Yig‘ilganlarni KIUFning ilmiy-o‘quv salohiyati va talabalar uchun yaratilgan qulay o‘quv sharoitlarini aks ettiruvchi videolavha ayniqsa katta qiziqish uyg‘otti.
Uchrashuv yakunida universitet vakillari "Farg‘onaazot" AJ bilan samarali hamkorlik qilishga umid qilishlarini bildirib, ishchilarning savollariga javob berishdi.
KIUF vakillarining tashrifi universitet va korxona o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Bu "Farg‘onaazot" AJ uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida tajriba almashish imkonini beradigan yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
"Farg‘onaazot" AJ Matbuot xizmati