Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AJ XODIMLARI BILAN “ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH” TO‘G‘RISIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Korxonaning majlislar zalida bo‘lib o‘tgan seminarda Iste’molchilar huquqini himoya qilish Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi matbuot xizmati rahbari G‘ayratjon Mamatqulov va Iste’molchilar huquqini himoya qilish Farg‘ona shahar  jamiyati raisi Nodir Toshkanov, mutaxassisi Azamat Babayevlar korxonaning ishchi-xodimlariga iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasi va uning faoliyati haqida umumiy tushunchalar berib o‘tishdi.

   Korxonaning yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminarda federatsiya xodimlari  “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirdilar.  Shu o‘rinda, federatsiya bilan yaqindan ishlab kelayotgan va hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan tashkilotlardan 64 tayanch guruhlar mavjud ekanligini va ular hozirgi kunda iste’molchilarning huquqiy bilim va iste’mol madaniyatini oshirish, ommaga targ‘ib qilish borasida samarali ishlar olib borayotganliklari haqida axborot berildi.

   Seminarda korxona ishchi-xodimlarini o‘z foydalari uchun iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasiga a’zo bo‘lishni tavsiya etildi.  Federatsiyasiga a’zo bo‘liganlar qimmatli vaqtlari va mablag‘larini tejagan holda barcha muammoli holatlarni hech qanday ovoragarchiliklarsiz hal etishlari mumkinligi  tushuntirildi.

Ta’kidlash joizki, federatsiyaga a’zo bo‘lgan xodimlarning iste’mol sohasida huquqlari buzilib, manfaatlariga ziyon yetgan hollarda amalga oshirgan murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonuni talablari asosida ko‘rib chiqiladi. Jamiyatga kelib tushgan murojaatlar qonunda belgilangan muddatlarda o‘rganilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi va mualliflarga javob xatlari taqdim etiladi. Muammo yechimini topishga  qarshilik qilgan yoki uni bartaraf etishdan bosh tortgan tashkilotlar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha prokuraturaga, soliq organiga, monopoliya va ichki ishlar organlariga materiallar topshirish orqali iste’molchilarning qonuniy huquqlari himoya qilinadi.

   Iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasiga a’zo bo‘lish istagida bo‘lgan xodimlar (93) 048-33-22, (95) 066-73-70, (90) 139-12-26 raqamlariga, jamiyatimizning  yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi  yoki matbuot xizmatiga uchrashlari mumkin.

  Hurmatli xodimlar! Sizlarning iste’molchilik huquqlaringiz buzilgan hollarda darhol 1091 ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlaringiz so‘raladi.


“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech