Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AJ XODIMLARI O‘RTASIDA ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 1 iyun kuni korxonaning sex va boshqarmalaridan tuzilgan 24 jamoa Zakovat intellektual o‘yinida o‘zaro bellashdi. O‘yinni korxona rahbari Dilshod Mannonov jamoalarga omad tilagan holda ochib berdi. So‘ng, murosasiz kechgan bellashuvga Farg‘ona viloyati Zakovat NNT tashkiloti klubi rahbari Sheroz Eraliev bir-biridan qiziqarli savollar bilan o‘yinga start berdi.  

    Bellashuv 3 raunddan tashkil topgan bo‘lib, har bir raundda jamoalarga 12 tadan savollar berib o‘tildi. O‘yin natijalariga ko‘ra, unda 1-o‘rinni Ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish, tannarhni qisqartirish va resurslarni tejash boshqarmasi jamoasi egallab 10 000 000 so‘mni, 2- o‘rinni   Azot Kislotasi sexi jamoasi qo‘lga kiritib 7 000 000 so‘mni va 3-o‘rinni TJABT va Metrologiya jamoasi qo‘lga kiritib 5 000 000 so‘m pul mukofotlarini qo‘lga kiritdilar.

    O‘yin so‘nggida jamiyat rahbariyati g‘olib jamoalarni tabriklab, qolgan jamoalarni ishtiroklari uchun o‘z minnatdorliklarini bildirib o‘tdi.

     Zakovat intellektual o‘yini sovrindor jamoalari bugun korxonaning majlislar zalida tantanali ravishda diplom va sovrinlar sertifikatlari bilan mukofotlandi. Shu o‘rinda, kasb bayramimiz bo‘lgan - Kimyogarlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Rahbar kubogi-2022” g‘oliblari ham taqdirlanishdi.  

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech