Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AJDA ISHCHI-XODIMLARI O‘RTASIDA DINIY EKSTREMIZM, TERRORIZM VA FUNDAMETALIZMGA QARSHI KURASH, KORXONA ICHKI TARTIB QOIDALARIGA QAT’IY AMAL QILISH, ODOB-AHLOQ BORASIDA DINIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Korxona majlislar zalida tartib maxfiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan diniy-ma’rifiy tadbirda  Farg‘ona shahar imom xatibi Jo‘rabek domla Raxmonov, Farg‘ona Politexnika instituti dotsenti Ismatulla To‘xtarov, O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimi,  korxona bosh mutaxassislari, sex, bo‘lim va boshqarmalar boshliqlari qatnashdilar.

     Tadbirni korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, tadbir qatnashchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Jo‘rabek domla Raxmonov Farg‘ona shahar imom xatibi so‘zga chiqib, nafaqat O‘zbekistonga, balki butun dunyoga tahdid solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm changalidan Vatanimizni, farzandlarimizni, ayniqsa yosh avlodni saqlash mavzusi naqadar dolzarb ekanligi, tinchligimiz, taraqqiyotimiz uchun o‘ta xavfli bo‘lgan bunday illatlarga qarshi murosasiz kurash olib borish barchamizning muqaddas burchimiz ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirayotganligini, mazkur hududlarda go‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketganini chuqur ma’no bilan so‘zladi. 

Farg‘ona Politexnika instituti dotsenti Ismatulla To‘xtarov, so‘zga chiqib, bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshiliklar, qonli to‘qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o‘rtasida kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo‘layotgani barchamizni tashvish va xavotirga solayotgani, ushbu holatlar davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat’iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne’mat ekanini yana bir bor isbotlab berishini ta’kidlab o‘tdi.

Diniy-ma’rifiy tadbirda shu o‘rinda, korxona kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Farxod Sayfutdinov korxona ichki  tartib-qoidalariga amal qilish, jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, mehnat intizomi va ularga amal qilmaslik oqibatlari, komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov korrupsiya, talon-tarojlik, tanish-bilishchilikka chek qo‘yish kabi dolzarb masalalarni ko‘tarib, ularga qarshi barchamiz birga kurashishimiz joiz ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

 Jamiyatda sanoat xavfsizligini ta’minlash, baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida mehnat muhofazasi, xavsizlik texnikasi, atrof muhitni muhofaza qilish va xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi boshlig‘i Fayzullo Abduraxmonov o‘z nutqida kasb yo‘riqnomasini barcha xodim obdon bilishi lozimligi, unga amal qilgan holda to‘g‘ri ish faoliyati olib borilishi va sanoat xavfsizligi qoidalariga amal qilish joizligi haqida nutq so‘zladi.  baxtsiz hodisalarni oldini olishiga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Tartib maxfiy boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Fuzaylov korxona toifalangan hudud ekanligi, uning himoyasi qattiq nazorat ostida bo‘lganligi sababli ishchi-xodimlar jamiyat talablariga so‘zsiz bo‘ysunishlari lozim ekanligini, turli xildagi ma’lumotlar saqlanishi, odob-ahloq, kiyinish odobi borasida ibratli ma’ruza qildi.

Tadbirda bildirilgan fikr va mulohazalar inobatga olinib, ushbu masalalar bo‘yicha korxona rahbari tomonidan tegishli bo‘limlarga topshiriqlar berilib, sex va boshqarma boshliqlariga ko‘tarilgan mavzular o‘z ish joylarida ishchi-xodimlarga yetkazilishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berib o‘tildi. 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech