“FARG‘ONAAZOT” AJDA OB-HAVONING PASAYISHI TUFAYLI KERAKLI CHORALARNI KO‘RISH MAQSADIDA SEMINAR-TRENING TASHKILLANDI
“Oʻzgidromet” markazi bergan ma’lumotlariga koʻra, 2023-yillning 10-15-yanvar kunlari sovuq havo oqimlari kirib kelishi natijasida respublikamiz hududida ob-havoning keskin pasayishi va haroratning -21ºC darajagacha tushushi kutilmoqda.
Jamiyatning barcha ishlab chiqarish sexlarida, noqulay ob-havoga qarshi kerakli choralarni ko‘rish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnologik jarayonlardan chetga chiqish, avariya va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, ishchi xodimlarni ob-havoning pasayishi bilan bog‘liq turli kasalliklarga chalinishini oldini olish maqsadida, Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, atrof-muhit muhofazasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi boshqarmasi va tibbiyot xodimlari ishtirokida seminar-treninglar tashkillandi.
Jumladan, 2023- yil 10-yanvar kuni korxonamizning Soda ishlab chiqarish sexida MM,XT, AMM va XICHO SX boshqarmasini SX boʻyicha oʻrinbosari U.N. Ermatov, MM,XT, AMM va XICHO SX boshqarmasini MM, XT boʻyicha oʻrinbosari B.X Sheraliyev, MM, XT, YoX yetakchi mutaxassisi L.P. Davronov hamda DSD sexi hamshirasi X.S. Ziyavidinnovalar ishtirokida iqlimda kutilayotgan yog‘ingarchilik va sovuq havo sharoitlarida sanoat xavsizligi, xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi va birinchi tez tibbiy yordam bo‘yicha ishchi-xodimlarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar trening davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘laqonli javoblar berildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati