“FARG‘ONAAZOT” AJda TARMOQ KORXONALARNING BOSH MUHANDISLARI ISHTIROKIDA KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilda «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatining tashabbusi bilan, tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish bo'yicha muammolarni ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish, to‘laqonli kapital ta’mir ishlarini hamkorlikda sifatli olib borish hamda erishilgan yutuqlar bo‘yicha tajriba almashinish borasida konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Unga ko‘ra, mazkur konferensiyada tarmoq korxonalari bosh muhandislari o‘zlarining taqdimotlari bilan chiqishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Taqdimot korxonada tayyor mahsulotlar va xom-ashyolarning o‘lchovlarini markazlashtirish, ishlab chiqarishni barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish yo'li bilan quvvatlarini hamda tayyor mahsulotlar miqdorini, sifatini, ishlab chiqarishni energiya samaradorligini oshirish, yangi turdagi likvid mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish kabi mavzularni o‘z ichiga olgan.
Mazkur konferensiyada rahbariyatimiz tomonidan tarmoq korxonalaridan tashrif buyurgan mutaxassisilar jamiyatimizda amalga oshirilgan ishlar, yangi mahsulot turlari, innovatsion o‘zgarishlar, ishlab chiqarish sexlarimizga o‘rnatilgan, zamon talablariga javob bera oladigan uskuna va jihozlar, mukammal ta’mirlash ishlari, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar, xodimlar malakalarini oshirishda qilinayotgan izchil ishlar bo‘yicha tanishtirildi.
Shu o‘rinda, mehmonlarga dispetcherlik tarmog‘i, tarozi punktlari ma’lumotlarini «O‘zkimyosanoat» AJga uzatish tizimini yo‘lga qo‘yish loyihasi ko‘rsatib o‘tildi. Raqamli texnologiyalarni joriy etishda sotuvchi tayyor mahsulotlar, sarflanayotgan energiya resurslar va xom-ashyolar, elektr energiya hisoblari taqdim etildi.
Barcha taqdimotlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng, kelgusida tarmoq korxonalarida amalga oshiriladigan ishlar belgilanib olindi. Dastur yakunida mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar va bunday uchrashuvlar ishlab chiqarishda yanada yangi marralarga erishishda ko‘mak berishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati