Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AJDA “XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH” MAVZUSIDA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

Matbuot anjumanida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari hamda korxona bosh mutaxassislari ishtirok etishdi. 

   Anjuman xodimlarning huquq va erkinliklari himoyasi, ularni mamlakatimiz bo‘ylab qabul qilinayotgan farmon, qonun va qarorlar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish, ayniqsa, ayol va qizlarimiz sha’ni, jins erkinliklari, ularni jinsiy, ruhiy, moddiy va jismoniy zo‘ravonliklardan saqlash kabi dolzarb mavzularni o‘z ichiga oldi.

  Shu o‘rinda, jurnalist va blogerlar jamiyatda “Yashil makon”, “Yashil yillik umummilliy” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar bilan tanishib chiqdilar.

   Unga ko‘ra, o‘tgan 2021 yil mobaynida korxona va korxonaga tutash hududlarga 15 ming 439 ta manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Joriy yilning boshidan xozirgi kunga qadar esa 12 202 ming ko‘chatlar zaminga qadalgan. Ulardan 1 527 tasini mevali, 10 675 tasini manzarali daraxtlar tashkil etadi. Ularga sarflangan mablag‘
1 mlrd.so‘m
ni tashkil etgani ma’lum bo‘ldi.

  Korxona xodimlari nafaqat korxona ichki hududiga balkim o‘z tomorqalariga ham ko‘chatlar ekishgan. Joriy yilda xodimlar tomorqalariga 13 232 dona manzarali va 23 477 dona mevali daraxtlar o‘tqazib chiqilgan.  

   Anjumanning savol-javob qismida OAV vakillari o‘zlarining savol va takliflari bilan korxona rahbariyati va bosh mutaxassislariga yuzlandilar. So‘ng, ular jamiyat “Yashil yillik” loyihasi doirasida bajarilgan ishlar amalini ko‘rish maqsadida jamiyatning “O‘quv markazi” oldida barpo etilgan bog‘ga yo‘l oldilar.

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech