“FARG‘ONAAZOT” AJDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH BO‘YICHA KESKIN ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
Korxonamizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish hamda mustahkamlash, ular bilan yaqindan ishlash, malakalarini oshirish, ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar joriy etilib, reja asosida yo‘lga qo‘yib kelinmoqda.
Bugun 22-iyul kuni jamiyat Ayollar Kengashi tomonidan korxona sex va boshqarmalari ayollar kengashi yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish, aynan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mavzularni qamrab oldi. Yig‘ilishda Kengash raisi Umida Axundjanova mas’ullarga har bir xodima bilan ishlash, ular muammolarini o‘rganish sog‘lom kelajak va tinch oila garovi ekanligini uqtirdi.
Yig‘ilish qatnashchilarini Davlatimiz rahbarining 2022-yil 18-iyuldagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tanishtirib o‘tildi. Shuningdek, yig‘ilishda jamiyatda ayollar ish foaliyati davomida Jamoat shartnomasida belgilangan imtiyoz va kafolatlar amalda qo‘llanib kelinayotganligi, unga ko‘ra tug‘ish ta’tili, ikki yoshgacha farzandi hamda nogiron farzandi bor ayollarga nisbatan alohida bandlari bo‘yicha qonun doirasida ish olib borilayotgani haqida eslatib o‘tildi.
Sex va boshqarmalar ayollar masalalari bo‘yicha mas’ul yetakchilarga yig‘ilishda ko‘rilgan masalalarni o‘z ish joylarida ishchi-xodimlarga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Yig‘ilish so‘nggida yetakchilarning savol va takliflari eshitildi va bayonga kiritildi.
“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati