“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati bazasida Rossiya Federatsiyasining “SINTTEKS RUS” MChJ bilan hamkorlikda “SYNTTEX” MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi
"Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati bazasida “SINTTEKS RUS” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlikda "SYNTTEX" MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda yetakchi loyihalash institutlari bilan hamkorlikda loyiha hujjatlarini tayyorlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Loyihaning boshlang‘ich qiymati 90 million AQSh dollarni tashkil etadi. Loyihaning boshlang‘ich quvvati 14800 ming kord mato, 4400 ming metr kv. texnik mato va 26 ming tonna poliefir-shtapellik tola ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Korxona eksportining dastlabki hajmi 15-20 million AQSh dollarini tashkil etishi kutilmoqda. Qo‘shma korxona 2022 yilning 4 choragida ishga tushirilishi belgilangan bo‘lib, uning natijasida yangi 450 ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu loyiha “SINTEKS RUS” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) va “Textima Export & Import GmbH” (Germaniya Federativ Respublikasi) bilan hamkorlikda ishga tushirilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4563-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.
“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati Poliamid-6 sexining ishlab chiqarishini qayta tiklashdan maqsad poliamid, anid va poliefir tolalar kabi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali Transporter lenta va avtomobil' shinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarning kord va texnik matolarga bo‘lgan talabini qondirish, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasida mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmini oshirish, kord va texnik matolarni eksport qilish hamda 450 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish hisoblanadi.
Yangi korxonaning texnologiyasi va uskunalari Yevropaning “Benninger”, “Oerlikon Barmag”, “Trushler”, “Dornier”, “Polimetrix” i “Dietze+schell” kabi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, yuqori darajada avtomatlashtirilgan va energiya tejamkor texnologiya hisoblanadi.
“Farg’onaazot” AJ Matbuot xizmati