“FARG’ONAAZOT” AKSIYАDORLIK JAMIYATI XODIMI “ENG YAXSHI INFORMATSION ROLIK” NOMINATSIYASIDA IKKINCHI O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI
Mamlakaimizda bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yosh avlodning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli yoshlarmizni saylov huquqlari, bilim-saviyalarini yana mustahkamlash maqsadida “Saylov – 2021” videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.
Respublikamiz bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi, MSK matbuot markazi, O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub hamda “Uzreport” telekanali hamkorligida o‘tkazilgan tanlov onlayn tarzida to‘rtta yo‘nalishda ya’ni, eng yaxshi informatsion rolik, eng yaxshi sahnalashtirilgan rolik, eng yaxshi animatsion rolik va muxlislar e’tirofi (ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va Instagram orqali eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar) yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi mazkur tanlovda “Farg’onaazot” AJ yoshlari faol ishtirok etib, xlorat magneli defolianti sexi apparatchisi Shohruxbek Mamatyusupov “Eng yaxshi informatsion rolik” nominatsiyasi yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni egallab, sertifikat va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi Toshkent shahrida joylashgan Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tdi.
Mamatyusupov Shohruxbekni mazkur g‘alaba bilan korxonamiz jamoasi nomidan tabriklaymiz, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
“Farg’onaazot” AJ matbuot xizmati