“FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA “INTERNET TARMOG‘IDAGI BUZG‘UNCHI G‘OYALARDAN SAQLANING” MAVZUSIDA MA’NAVIYAT SOATI TASHKIL ETILDI
Ma’naviyat soati yosh ishchi xizmatchilarni axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, madaniyatini yuksaltirish masalalarini qamrab oldi.
Mazkur yig‘ilishda korxona rahbariyati, yuriskonsult N.Mahkamova, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Xamzaev, “Nuroniylar” masalalari bo‘yicha mutaxassisi A.Artiqov, Tartib bo‘limi boshlig‘i M.Fuzaylovlar joriy mavzular bo‘yicha nutq so‘zladilar.
Unda korxonamizning barcha sexlari yoshlar yetakchilari, ma’naviy- ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar, xotin-qizlar faollari, hujjatlar bilan kompyuterda ishlaydigan xodimlar, sex, boshqarma va bo‘limlar boshliqlari va kasaba uyushma qo‘mitasining sexlardagi vakillari ishtirok etdilar.
Shu o‘rinda, yig‘ilishda «Assalom, Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayramida faol ishtirok etgan va o‘zining ma’muriy binolari tashqi va ichki bezatish, atrof hududlari obodonligi va tozaligi bilan ajralib turganligi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda o‘rin egallagan sex va bo‘limlar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Natijalarga ko‘ra, ishtirok etgan 30 ta sexlar ichidan 1- o‘rin Polietilen qop ishlab chiqarish sexiga, 2 - o‘rin Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexiga va 3- o‘rin esa Xo‘jalik sexiga nasib etdi. G‘oliblar va ishtirok etgan barcha sexlar korxona rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan pul mablag‘lari bilan taqdirlandilar. Birinchi o‘rin egallagan sexga 10 mln. so‘m, ikkinchi o‘ringa 7 mln. so‘m, uchinchi o‘ringa 5 mln. so‘m va qolgan barcha sexlar 1 mln. so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati