Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AKSIYaDORLIK JAMIYaTIDA “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI

Bugun, 31-may kuni jamiyatning majlislar zalida “Onalarga ehtirom” festivali o‘tkazildi. Festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash, xotin- qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 21-dekabr kungi PQ-401-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga asoslangan holda yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

             Yo‘l xaritasining 38-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan festivalini o‘tkazish uchun shahar bosqichi tadbirlarini tashkillash maqsadida belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda “Eng yahshi mutaxassislarni tarbiyalagan ona” nominatsiyasi bo‘yicha Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobchisi Manzuraxon Mamasiddiqova, “Vatan fidoiysi onasi” nominatsiyasi bo‘yicha Markazlashtirilgan buxgalteriya katta hisobchisi  Nargiza Kaxxarova, “Eng matonatli ona” nominatsiyasi bo‘yicha AS-72M sexi laboranti Gulasal To‘rayeva hamda Karbamid ishlab chiqarish sexi yordamchi ishchisi Nargiza Alixanovalar, “Eng yahshi tadbirkorlar onasi” nominatsiyasi bo‘yicha Karbamid ishlab chiqarish sexi apparatchisi Barnoxon Musayeva, “Yurt iftixorlari onasi” nominatsiyasi bo‘yicha Markaziy kimyo laboratoriyasi yetakchi muhandisi Ma’muraxon Qochqarova, Sanitar laboratoriyasi muhandisi Iroda Yusupova va laboranti Rohila Pozilovalar, “Eng ibratli mehnatkash ona” nominatsiyasi bo‘yicha Xo‘jalik sexi ko‘kalamzorlashtiruvchisi Nodira Teshaboyeva, Havo ajratish sexi laboranti Amina Abramovalar, “Onasiga bildirilgan eng go‘zal mehr izhori” nominatsiyasi bo‘yicha IR va JA bo‘limi ma’naviyat bo‘yicha mutaxassisi Rasuljon Akbarov, Texnik nazorat bo‘limi laboranti Oqila Karimjanovalar taqdirlandilar. 

         

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech