Ру O`z En

“FARG‘ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA XOTIN-QIZLAR UCHUN SEMINAR O‘TKAZILDI

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmanova jamiyat xotin-qizlari uchun seminar-trening o‘tkazdi.

      Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Ziyodaxon Akbarqulova, Kimyo va farmatsevtika sanoat kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mas’ul xodimi tarmoq xotin-qizlar Kengashi raisi Nilufarxon Muzaffarova hamda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarovalar ishtirok etdilar.

   Tadbirda soha mutaxasisslari jamiyatda xotin-qizlar o‘rnini mustahkamlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy savodxonligini yanada oshirish kabi dolzarb masalalar to‘g‘risida so‘z yuritdilar. Shuningdek, seminar so‘nggida ayollar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni savol va takliflari eshitib chiqildi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech