Ру O`z En

“FARG’ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATINING RASMIY BAYONOTI

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan, “Yirik korxonalarning minglab ishchisi karantin paytida ham doimiy shtat rejimida ishlamoqda” va "Karantin koidalariga xilof ravishda tiqilinch avtobusda yuribmiz" nomli xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:

Avvalo xabarda bir qancha noaniqliklar mavjud ekanligini, muallif ta'kidlagan ““Farg‘onaazot” xodimlari ishga piyoda qatnamoqda. Karantin payti ishchilarga maxsus avtobus tashkil etmaydimi?” to‘g‘risidagi ma'lumot noto‘g‘ri ma'lumot bo‘lib, korxona tomonidan karantin davrida xodimlarni ishga o‘z vaqtida, xavfsiz, karantinga oid choralarga amalga qilgan holda kelib ketishini ta'minlash maqsadida sutkasiga 21 dona avtobus 19ta yo‘nalish bo‘yicha 57ta reysda doimiy ravishda o‘rnatilgan tartibda xarakatlanayotganini ta'kidlab o‘tish joiz.

Xabarda keltirilgan “Xudo ko‘rsatmasin¸ kimdir yo‘lda koronavirusni yuqtirib, zavodga olib keladigan bo‘lsa hammamiz barbod bo‘lamiz, zavod ham barbod bo‘ladi” jumlalariga javoban: Korxonaga tegishli barcha yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar, yuk tashuvchi transport va yengil avtomobillar doimiy ravishda karantinga oid choralarga amal qilgan holda doimiy ravishda dezinfeksiya qilinmoqda.

Xabarda keltirilgan “Zavod ma'muriyati vakili boshqa tumanlardan qatnaydigan ishchilarga maxsus transport tashkillashtirilganmi, degan savolni ochiq qoldirdi” jumlasiga javoban: Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel' soat 00:01 ga qadar Viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda Viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Qolgan hududlar bundan mustasno ekanligini, lekin shunga qaramasdan korxona Dispetcherlik xizmatiga ishga kelib ketish maqsadida avtotransport xizmatini so‘rab murojaat qilgan xodimlar uchun 8ta avtotransport vositasi ajratilganini ta'kidlab o‘tish joiz.

Xabarda keltirilgan “Ishchilar virus tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi tuzilgan maxsus hukumat komissiyasi 27 martdan boshlab 3 nafardan oshiq odamning to‘planishini taqiqladi va odamlar orasida 2 metrlik masofa saqlanishi lozimligini bildirdi” jumlalariga javoban: Korxonada Respublika maxsus komissiyasining qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta'minlash maqsadida chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, ijrosi yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan barcha o‘tish joylari ishchi-xodimlarni ishga kelishi va ketishi paytida dezinfeksiya qilinmoqda, barcha ishchi-xodimlar doimiy ravishda ximoya niqoblari, antiseptik vositalari bilan beg‘araz ta'minlanmoqda, korxona xududidagi oshxonalar, maishiy binolar, davolash va birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maskanlari, sex va bo‘limlar, temir yo‘l vagonlari va korxona hududi mexanik va elektr yuritmali purkagichlar va maxsus texnika vositasi yordamida doimiy ravishda 0,5 foizli gipoxlorid eritmasi bilan dezinfeksiya qilinmoqda, korxona xududiga kirayotgan xar qanday shaxs va xodimlarni kun davomida tana haroratini tekshirish maqsadida tibbiyot xodimlari navbatchiligi tashkil etilgan, barcha o‘tish joylarida tana harorati belgilangan me'yordan yuqori bo‘lgan ishchi-xodimlar uchun maxsus izolyator xonalar o‘rnatilgan.

Qolaversa korxonada ayniqsa oshxonalarda 3 nafardan ortiq xodimlar to‘planmasligi va xodimlar orasidagi 2 metrlik masofa saqlanishligi qattiq nazoratga olingan.

Shu o‘rinda ta'kidlab o‘tish joizki, “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatida “Ishonch telefoni” xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tashkilot o‘zining rasmiy veb-saytiga hamda telegramm ijtimoiy tarmog‘ida o‘z rasmiy kanaliga ega.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar bilan keng jamoatchilikka tezkor va aniq ma'lumotlar yetkazish bo‘yicha hamkorlikni izchil amalga oshirib kelmoqda.

“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati, korxona faoliyatiga daxldor masala yuzasidan xabarlar tarqatilishida aniq faktlarga asoslanib, ma'lumotlar haqqoniylik tamoyiliga yo‘g‘rilgan bo‘lishiga umid bildiradi va Matbuot xizmati korxonaning barcha ishchi-xodimlarini karantin davridagi vaziyatlar bo‘yicha muammo va takliflari bo‘lsa, “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatining quyidagi ishonch telefoniga (73) 242-63-90 raqamiga murojaat etishlarini so‘rab qoladi.

“Farg’onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech