Ру O`z En

“FARG’ONAAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATINING RASMIY BAYONOTI

Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan, “Ishga kelib ketishimiz har doimgidan qimmatga tushmoqda” nomli xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:

Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan, “Ishga kelib ketishimiz har doimgidan qimmatga tushmoqda” nomli xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan, “Ishga kelib ketishimiz har doimgidan qimmatga tushmoqda” nomli xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan, “Ishga kelib ketishimiz har doimgidan qimmatga tushmoqda” nomli xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarning birida “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga daxldor masala yuzasidan, “Ishga kelib ketishimiz har doimgidan qimmatga tushmoqda” nomli xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ma'lum qiladi:    

Avvalo xabarda bir qancha noaniqliklar mavjud ekanligini, muallif ta'kidlagan “Ishchilarning ishga kelib ketishi har doimgidan ko‘ra qimmatga tushmoqda” jumlasiga javoban: “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan karantin davrida ishchi-xodimlarni ishga o‘z vaqtida, xavfsiz, ortiqcha sarflarsiz va karantinga oid choralarga amalga qilgan holda kelib ketishini ta'minlash maqsadida sutkasiga 21 dona avtobus 22ta yo‘nalish bo‘yicha 60ta reysda doimiy ravishda o‘rnatilgan tartibda xarakatlanayotganini ta'kidlab o‘tish joiz.

Xabarda keltirilgan “Zavod ma'muriyati ishchilardan karantin payti ishga borib kelish to‘g‘risida tilxat yozdirib oldi. Yana bir talab – zarur oziq-ovqat mahsulotlarini zavod hududidagi magazinlardan xarid qilishimiz lozim ekan. Ammo zavod magazinlaridagi narxlar o‘ta qimmat” jumlalariga javoban: Birinchi navbatda ushbu tilxat yozdirib olishning asosiy maqsadi, korxona ishchi-xodimlarini COVID-2019 koronavirusidan himoya qilish. Ya'ni, ishga kelib ketishda, qolaversa kundalik xarajatlarni harid qilishda COVID-2019 koronavirusidan himoya qilishga qaratilgan.


Ishchi-xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlash, bozorlar va yashash joyidan olis masofadagi savdo do‘konlaridan oziq ovqat maxsulotlarini harid qilishga chiqib o‘zi va oila a'zolarini sog‘ligi va hayotini xavf ostiga qo‘yishini oldini olish, ularga qulaylik yaratish maqsadida korxona hududida tadbirkorlar tomonidan 3ta oziq ovqat savdosi do‘konlari tashkil etilgan. Do‘konlarda sanitariya qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda ishchi-xodimlarning kundalik extiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar bozor narxlarida sotilmoqda. Savdo do‘konlaridagi narx-navo keskin oshib ketmasligi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan bo‘lib, xozirga qadar ishchi-xodimlardan xech qanday e'tiroz va shikoyat kelib tushmaganligini ta'kidlab o‘tish joiz.

Xabarda keltirilgan “Ish haqimizga ustama to‘lashlarini talab qilamiz” jumlasiga javoban: “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasida karantin davrida korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari bo‘yicha qabul qilingan barcha me'yoriy xujjatlar ijrosini o‘rnatilgan tartibda, aniq va sifatli bajarib kelmoqda.
“Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati korxonaning barcha ishchi-xodimlarini karantin davridagi vaziyatlar bo‘yicha muammo va takliflari bo‘lsa, “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatining quyidagi ishonch telefoniga (73) 242-63-90, (93) 980-40-35 raqamlariga murojaat etishlarini so‘rab qoladi.

“Farg’onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech