Ру O`z En

FARG‘ONADA NAVRO‘Z AYYOMI KENG NISHONLANDI

Nafosat va poklik ramzi bo‘lgan - Navro‘z umumxalq bayrami viloyatimizda tantanali ravishda tashkil etildi.

    20-mart kuni viloyatimizning turli joylarida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tadbirlar, sayllar va konsertlar bo‘lib o‘tdi. Sumalaklar solinib, oshlar damlandi, el uchun dasturxonalar yozildi. Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida konsert tashkillanib, viloyatimiz tashkilot, muassalarining ko‘rgazmalari taqdim etildi.

     Mazkur ko‘rgazmada “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati faol ishtirok etdi. Korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari o‘zlarining bahor taomlari, noz-ne’matlari, bir-biridan chiroyli ko‘rgazmalari, kuy-raqslari bayramga yanada joziba bahsh etdi.

    Shu o‘rinda, Qirguli mavzeyida joylashgan Kimyogar bog‘ida ham jamiyatning sexlari bayram tashkil etdilar. Bayramga mavze ahli, ishchi-xodimlar oilalari tashrif buyurdilar va tantanani quvonch bilan nishonladilar.   

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech