Ру O`z En

FUQAROLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH, MASALALARGA YECHIM TOPISH MAQSADIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI

Jamiyatimizning majlislar zalida korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar uchun Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

   Mazkur qabulda Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Tadjibaev, Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i X.Umarov, Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i  A.A’zamxonov, Huquqiy xizmat ko‘rsatishning davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i O.Axmedov, Farg‘ona shahar FHDYO mudirasi Sh.Imomova va notariat xodimlari ishtirok etishdi.     

   Qabul jarayonida korxonada faoliyat yuritayotgan ishchi - xodimlar o‘z huquqlari, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar, kommunal xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar va boshqa sohalar bo‘yicha o‘zlarini qiynayotgan barcha masalalar bo‘yicha kerakli tavsiyalarni oldilar. Kelib tushgan murojaatlarga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar berilib, notariat, advokatura sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tildi.

 

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech