Ру O`z En

HALOLLIK VAKSINASI- TARAQQIYOT GAROVI

Xabaringiz bor, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining Koplayens nazorat xizmati doimiy ravishda korxonaning boshqarma va sexlari xodimlari o‘rtasida “Halollik vaksinasi” mavzusida profilaktik tadbirlar olib borayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.   

  Komplayens nazorat xizmatining keyingi manzillari Mehnatni tashkil etish va haq to‘lash bo‘limi, Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi,  Markazlashtirilgan buxgalteriya, Moliya bo‘limi hamda Mochevina ishlab chiqarish sexi bo‘ldi.

  O‘tkazilgan tadbirlarda korrupsiyaga qarshi  murosasiz kurash, uning oqibatlari, huquqiy qarashlar va Odab-axloq kodeksi mavzulari ko‘tarilmoqda. Barcha mavzularni obdon Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov ishchi-xodimlarga so‘zlab bermoqda. Shu o‘rinda, xodimlarning mazkur masalalar bo‘yicha barcha savollariga javoblar berib o‘tmoqda.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech