Ру O`z En

ХALQARO OILA KUNI MUNOSABATI BILAN “ONA VA BOLA” KO‘RIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmasida “Farg‘onaazot” AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovda korxonamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ayollarimiz o‘z oilalari bilan ishtirok etishi talab etildi.  Tanlov nizomiga asosan har bir ishtirokchi o‘zi va oilasi haqidagi  ma’lumotni  jamiyatimiz xotin –qizlar va kasaba  uyushma  ko‘mitalariga taqdim etdilar. Ko‘rik tanlov  uch  bosqichda, “Tanishtiruv”, “Oila ma’naviyati”, “Erkin mavzu”da bo‘lib o‘tdi.

    Tanlovda 7 nafar oila ishtirok etdi. Ular xay’at  a’zolari tomonidan 5 ballik sistemada baholanib borildi.  Ballar natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin  ishchilar ta’minoti sexi ishchisi Zaynuraxon Xolmatovaga, 2- o‘rin  markaziy kimyo laboratoriyasi laboranti Barnoxon Tursunovaga va 3-o‘rin  sanitar laboratoriyasi laboranti Shaxnozaxon Axatovalarga nasib etdi.

    “Ona va bola”  ko‘rik tanlovining  g‘oliblari va  faol  ishtirokchilari korxona ma’muriyati va kasaba uyushma ko‘mitasining  Faxriy  yorliqlari hamda  qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech