HASHAR – ELGA YARASHAR!
Vazirlar Mahkamasining 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida 30 aprel kuni mamlakatimiz bo‘ylab “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan korxonamizning ko‘ngilli ishchi-xodimlari umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdilar. Unda korxonamiz ichki va tashqi hududlarida, sexlarga tegishli bo‘lgan maydonlar, yerlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
Obodonlashtirish ishlarida yo‘llar supurib-sidirildi, yo’l chetidagi to’siqlar oqlandi. Tomorqalarga ekilgan ekinlar, daraxt va gullar sug‘orib, chopib chiqildi.
“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati