Ру O`z En

HASHAR – ELGA YARASHAR

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.  

Xalqimizning sevimli bayrami Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan umumxalq xayriya hashari  bizning jamiyatimizda ham qizg‘in olib borilmoqda. Mazkur xayriya hasharida korxonamizga tegishli bo‘lgan barcha hududlar tozalanib, tartibga keltirilmoqda. Sexlarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va  butash ishlari amalga oshirilib, bordyurlar ohlanmoqda.

Jamiyalda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va xodimlar o‘z ixtiyorlari bilan ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda. Boshqarmalar atroflari supurib-sidirildi, chang g‘uborlardan tozalandi.

Aytish lozimki, bugun chindan ham hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekanini yana bir karra namoyon etmoqda.

 

Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech