“ZAKOVAT” O‘YINIDA YOSHLAR KUCH SINASHDI!
Yoshlar oyligi doirasida korxonamizda navbatdagi qiziqarli va bilimga boy tadbir – “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korxonamiz tarkibiy bo‘linmalaridan tashkil topgan 18 - ta jamoa ishtirok etdi. Har bir ishtirokchi o‘z jamoasining sharafini himoya qilgan holda, intellektual bellashuvda faol qatnashdi.
G‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
2 -o‘rin Karbamid ishlab chiqarish sexi
3 -o‘rin Sanitar laboratoriyasi jamoasi
4–o‘rin Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexi.
Tadbir ishtirokchilarida yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va jamoaviy ruh hukm surdi. Bu kabi intellektual bellashuvlar yoshlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, bilim va dunyoqarashni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Farg‘onaazot” AJ yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va intellektual rivojini ta'minlash borasida izchil faoliyat olib bormoqda.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati