Ру O`z En

Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

2024- yilning 23-avgust kuni “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining korxona yangi boshqarmasi hovlisida o‘tkazilgan turnirida jamiyatning tarkibiy bo‘linmalaridan 35 ta jamoalar ishtirok etishdi.

     Turnir boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida 2 turda  24 ta savollar berilishi asosida o‘tkazildi. Turnirda 1-o‘rinni Elektr ta’minoti sexining “Nurafshon” jamoasi, 2-o‘rinni Markaziy kimyo laboratoriyasining “Kristal” jamoasi va 3- o‘rinni Aloqa sexining “Omadlilar” jamoasi qo‘lga kiritib, korxona ma’muriyati tomonidan qo‘yilgan 5 000 000, 3 000 000, 2 000 000 pul mablag‘larini qo‘lga kiritdilar.

    Shuningdek, 4 nafar yuqori bal to‘plagan jamoalar, Mexanik – ta’mirlash sexining “Mashinasozlik”, IChXTQSRTQ va RTBning “13”, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining “Aristokratlar” hamda IChTBning “Ishlab chiqarish boshqarmasi” jamoalari Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan sovg‘alarga sazovor bo‘ldilar.

     Eslatib o‘tamiz, taqdirlash marosimi Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan konsert dasturida tantanali ravishda o‘tkaziladi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech