“INDORAMA CORPORATION” KOMPANIYASI RAHBARIYATI TASHRIFI
So‘nggi yillarda Prezidentimiz Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga hamda mamlakatimizga yangi investitsiyalar kiritishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Shu o‘rinda, ishlab-chiqarish korxona va muassasalariga modernizatsiya kiritish maqsadida investorlarni jalb qilayotgani ham bejiz emas. Bu barcha harakatlar zamirida davlatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishdek maqsadlar yotibdi.
“Farg‘onaazot” AJ investorlari Singapurning “Indorama Corporation” kompaniyasi asoschisi hamda direktorlar kengashi raisi Shri Prakash Lohiya boshchiligidagi delegatsiya korxonamizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan modernizatsiya loyihalarini ko‘zdan kechirish uchun jamiyatimizga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida korxonaning barcha sexlari ishlab-chiqarishi ko‘zdan kechirilib, jamiyat rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Samimiy o‘tgan uchrashuvda rejalashtirilgan masalalar kelishib olindi.
Shuningdek, mehmonlar “Yashil makon” ummumilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, o‘z hissalarini qo‘shdilar.
"Farg‘onaazot" AJ matbuot xizmati