“INSONNING O‘ZIGA ISHONCHI VA JAMOAVIY ISHLASH USULLARI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING
Korxonamizda “Yoshlar oyligi” davom etmoqda. Ushbu oylik doirasida korxonada bir qancha tadbir va musobaqalar o‘tkazildi. Jamiyatning majlislar zalida psixologlar ishtirokida “Insonning o‘ziga ishonchi va jamoaviy ishlash usullari” mavzusida seminar-trening ulardan biridir.
Seminar-treningda korxonamiz sex va bo‘imlarida faoliyat yuritayotgan 110 dan ziyod yoshlarimiz faol ishtirok etdi. Unga Farg‘ona davlat universiteti malakali psixolog o‘qituvchilari, Nurmuhammad Axmadjonov, Baxromjon Butaev, Davronbek Mo‘minov, Anvarjon Asqarov va Rasuljon Nuriddinovlar yoshlarimizga hayot yo‘llarida insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada yuksaltirish usullarini psixologik yo‘nalishlar berdi. Shuningdek, yoshlarimizni zamonga moslashib, bilimlarni egallashimiz kelajagimizda poydevor bo‘lish haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir so‘ngida Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nurmurod Sirojov, korxonada kelgusida bunday tadbirlar hamkorlikda yanada ko‘plab o‘tkazilishi va unda yoshlarning faol ishtiroki yanada kengayishini aytib o‘tdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati