Ру O`z En

TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI AMALDA

        Davlatimiz Rahbari tomonidan joriy etilgan 4805 sonli Qarorda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida bir qancha ishlar amalga oshirib borilmoqda. Jamiyatning qoshida tashkil etilgan Ilmiy innovatsiya markazi hodimlari tomonidan 21 – maktabda ko‘rgazmali chiqish tashkil etilgani buning yaqqol tasdig‘idir.

   Ilmiy innovatsiya markazi xodimlari Qirguli mavzesida joylashgan maktabga o‘quvchilarni kimyo sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida turli xil ko‘rgazmali chiqishlar bilan tashrif buyurdilar. Markaz xodimlari o‘zlarining bilim va salohiyatlarini ishga solgan holda o‘quvchilarga turli xil kimyoviy moddalarning o‘zaro ta’sirchanligi, reaksiyaga kirishishi hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida bolajonlarga ko‘rgazmalar namoyish etdilar.

  Ko‘rgazmali chiqishlarni maktab o‘quvchilari qiziqish bilan kuzatdilar. Turli xil savollar bilan mutaxassislarga yuzlandilar. 21-maktab o‘qituvchilari tashrif uchun markaz xodimlari hamda korxona rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech