Ру O`z En

ISHCHI-XODIMLAR O‘RTASIDA YUGURISH MARAFONI BO‘LIB O‘TDI

Korxonamizda ishchi-xodimlarining salomatligini mustahkamlash, yoshlarni sportga qiziqtirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Bir korxonada, Bir maqsadda, Bir masofaga, Birgalikda yuguramiz” shiori ostida erkaklar va ayollar o‘rtasida yugurish marafoni o‘tkazildi.

Marafonda 200 dan ziyod ishchi-xodimlar xususan yoshlar faol ishtirok etdi.

Qiziqarli kechgan marafonda erkaklar o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati o‘qchisi Muxriddin Raxmonovga nasib etdi.

Faxrli ikkinchi o‘rin IHQ xizmati o‘qchisi Bahodir Aliyevga nasib etdi.

Faxrli uchinchi o‘rin Xlorat – magniy defoliantini ishlab chiqarish sexi xodimi Diyorbek Sotvoldiyevga nasib etdi.

Shuningdek faol ishtiroki uchun Qutqaruv otryadi qutqaruvchisi Valiyev Ulug‘bek faxriy yorliq bilan taqdirlangan bo‘lsa.

Erkaklar o‘rtasida eng yoshi ulug‘ marafon ishtirokchisi sifatida Qahramon Tursunov faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Shuningdek ayollar o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni Soda ishlab chiqarish sexi xodimi Oygul Madraximova,

faxrli ikkinchi o‘rinni Xo‘jalik sexi ko‘kalamzorlashtiruvchisi To‘xtaxon Qosimova,

faxrli uchinchi o‘rinni Sanitar laboratoriyasi xodimi Odina Muratova egallagan bo‘lsa faol ishtiroki uchun Sharopova Dilbarxon faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Ayollar o‘rtasida eng yoshi ulug‘ marafon ishtirokchisi Busayeva Sayyoraxon topildi.

G‘olib va sovrindorlar korxona kasaba uyushma qo‘mitasi hamda yoshlar ittifoqi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech