ISHCHI – XODIMLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLARNI O‘RGANISH BO‘YICHA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Jamiyatimizda ishchi – xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.
Xususan bugun, korxonamizning Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika sexiga korxonada faoliyat yuritayotgan jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh tashrif buyurdi. Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida NO‘A va A sexida ishchi-xodimlarga yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar bilan tanishildi, o‘tkazilgan suhbat jarayonida xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir takliflar tinglandi.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati