Ру O`z En

ISHCHI XODIMLARNI HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

Korxonamizning katta majlislar zalida jamiyatimizning boshqarma, sex hamda bo‘limlar boshliqlari va bosh mutaxassislari ishtirokida mamlakatimizda yangi qabul qilingan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyatini tushuntirish, ommaga yetkazish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Unda korxonamiz boshqaruvi raisi Abdupatto Salijanov tegishli Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
         Shu o‘rinda, seminarda mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinishi hamda mazmun mohiyatidan qilib chiqib tegishli vazifalar belgilanishi va boshqa dolzarb  masalalar o‘rtaga tashlandi.

          Shuningdek Ijtimoiy ahamiyatiga ega ob’ektlar boshqarmasi boshlig‘i
Mahmud Qayumov, Yuridik bo‘limi boshlig‘i Nasiba Maxkamova, Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov mazkur mavzular bo‘yicha nutq so‘zladilar.

Seminarda sohaga oid fikr-mulohaza yuritilib, mutaxasisslar tomonidan xodimlar savollariga to‘liq javoblar berildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech