Ру O`z En

"MINI FUTBOL" MUSOBAQASI GO‘LIBLARI ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, korxona ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘b etish hamda “Kimyo sanoati xodimlari kuni” kasb bayrami munosabati bilan jamiyatimizda sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkillandi.

Musobaqada tarkibiy bo‘linmalardan saralangan 20 ta jamoalar ishtirok etdi.

Shiddatli va murosasiz ruhda kechgan bellashuvlar yakunlari quyidagicha bo‘ldi:

1-o‘rin – Soda sexi jamoasi;

2-o‘rin – Zavod boshqarmasi jamoasi;

3-o‘rin – Ammiak-3 sexi jamoasiga nasib etdi.

        

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar yaqin kunlarda tantali ravishda taqdirlanadi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech