Ру O`z En

KORXONA XOTIN-QIZLAR JAMOALARI O‘RTASIDA VOLEYBOL BO'YICHA MUSOBAQA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Jamiyat xodimlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning 1-2-may kunlari korxona xotin-qizlar o‘rtasida voleybol boʻyicha sport turniri oʻtkazildi.

Korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillangan sport tadbirida korxonaning tarkibiy bo‘linmalaridan saralangan xotin-qizlardan iborat 12 jamoa ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin Xo‘jalik sexi

2- o‘rin Zavod boshqarmasi terma jamoasi

3- o‘rin Xlorat-magniy defolianti sexi

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar yaqin kunlarda tantali ravishda taqdirlanadi.

 

“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech