Ру O`z En

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Mazkur shior ostida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida bugun, 4-avgust kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Yig‘ilishni boshqaruv raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva ochib berdi va jaholatga, xurofotga qarshi faqat ma’rifat yo‘li bilan kurashish mumkinligini,  O‘zbekistonimizni, yoshlarimizni va xalqimizni yovning daxshatli hamlasidan, noto‘g‘ri mavkurasidan asrashimiz bizning ham diniy ham fuqarolik burchimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

      Jaholatga qarshi mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat, yosh avlodni uning hujumidan asrash hamda yurtimizdagi tinchlik, uni tashqi yovlardan, ularning buzg‘unchi g‘oyalaridan saqlash to‘g‘risida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Ilhomjon Mirzaaxmedov so‘zlab berdi.

     Yurtimizdagi diniy erkinlik, uni to‘g‘ri tasnifi, Islom dini bag‘rikenglik va o‘zaro mehr-oqibat timsoli ekanligi borasida esa Musulmonlar idorasi  vakili Baxromjon Tursunov, oilada farzand tarbiyasi, jamiyatimizda yuz berayotgan jinoyatlar sabablari va ayollarning oiladagi o‘rni to‘g‘risida Dilorom G‘ofurovalar ma’ruza qildilar.

    Yig‘ilish so‘nggida diniy ekstremizm va terrorizmni, Vatanimiz tinchligini aks etgan ta’sirli videorolik namoyish etildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech