Ру O`z En

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT ILA KURASHAMIZ!

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi. Mazkur so‘zlarga amal qilgan holda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida Yuridik bo‘limi, Komplayens nazorat xizmati hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida seminar o‘tkazildi.

      Seminar noodatiy  suhbat tarzida bo‘lib, xodimlar va soha mutaxassislari ichki tarbib-qoidalar, “Nafs balosi”, uning oqibatlari, turli xil illatlar, huquqbuzarliklar, ularni oldini olish, tartibbuzarliklarga qonuniy choralar ko‘rish kabi millatimizni jar yoqasiga yetaklayotgan hislatlar to‘g‘risida ma’ruzalar, suhbatlar qurildi.

    Suhbat so‘nggida xodimlar taklif va savollar bilan mutaxassislarga yuzlandilar.

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech