Ру O`z En

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT: Missionerlik – millat va din kushandasi

Mazkur mavzu va boshqa mamlakatimiz tinchligiga, xalqimiz ongiga rahna solayotgan illatlar to‘g‘risida bugun, joriy yilning 31-iyul kuni korxonaning majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi.

       Yig‘ilishga Farg‘ona shahar hokimiyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi Ilhomjon Xolmatov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi  Ilxomjon  Mirzaxmedov, IIB Terrorizmga qarshi kurash bo‘limi  xodimi Abrorjon Haydarov,  Musulmonlar idorasi vakili Abdunosir Oxunov, Farg‘ona shahar  Adliya boshqarmasi xodimi Olloyorxon Abdullayevlar tashrif buyurdilar. 

       Korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov yig‘ilishni ochib berar ekan, jamiyat ma’muriyati tomonidan azal-azaldan “Jaholatga qarshi kurash” mavzusiga katta e’tibor qaratib kelinganligini, xodimlarimizni bu boradagi bilimlarini yanada mustahkamlash, turli illatlardan saqlash, ayniqsa yoshlarimizni bu kabi qabih harakatlardan saqlash, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakillantirish masalalariga alohida ahamiyat qaratib kelinganligni ta’kidlab o‘tdi. Shu o‘rinda, Vatanimizni yovuz mavkuralardan saqlash barchamizning zimamizda ekanligini aytib o‘tdi.

    So‘ng, soha mutaxassislari o‘zlarining mavzuga oid – missionerlik, uning maqsadi, oqibatlari to‘g‘risidagi ma’ruzalarini jamiyat xodimlariga taqdim etdilar. Juda qiziq kechgan yig‘ilishda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar oldilar.

   Yig‘ilish so‘nggida boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona shahar bo‘linmasi  tomonidan mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona yurtga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini qaror toptirish, aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirishdagi fidokorona xizmatlari uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech