JAMIYAT AYOLLARI O‘RTASIDA “IMIJ PSIXOLOGIYASI” SHIORI OSTIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
Joriy seminar korxona ayollar kengashi tomonidan tashkil etilib, unga Farg‘ona shahar otinoyi Manzuraxon Ahmadaliyeva taklif etildi.
Seminarni korxonamiz ayollar kengashi raisi Umida Axundjanova o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, xotin-qizlar bilan individual tarzda ishlar olib borilayotgani, ularning muammolari eshitib chiqilayotgani, ayollarni ish joyida kiyinish odobi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Shahrimiz otinoyi korxona xodimalariga oila tinchligi, jamiyatda ayollar o‘rni, farzand tarbiyasi ota-ona munosabati ko‘zgusi ekanligi hamda dunyoviy va diniy ilmlar to‘g‘risida ibratli ma’ruzalar qildi. Jamiyat psixologi Nargiza Ergasheva seminar ishtirokchilariga inson imiji va yurish-turish madaniyati haqida prezentatsiya taqdim etdi. Seminar yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Ishchi-xodimlar va soha mutaxassislari ochiq muloqot tarzida savol-javob qildilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati