Ру O`z En

JAMIYAT HAYOTIDA KASABA UYUSHMASINING O‘RNI ALOHIDA

Joriy yilning 14-avgust kuni Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Nigora Alimdjanova korxona kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati bilan yakindan tanishish va shu yerda mehnat qilayotgan yosh-ishchi xodimlar bilan davra suhbati o‘tkazish maqsadida korxonamizga tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda jamiyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh-ishchi xodimlar, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov qatnashdilar.

Davra suhbati davomida yosh ishchi-xodimlar kasaba uyushma to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ularga a’zolik afzalliklari aniq misollar bilan tushuntirib berildi. Ya’ni, kasaba uyushma a’zosi birinchi navbatda kasaba uyushma himoyasida bo‘lishi, huquqlari buzilganda kasaba uyushma uni himoya qilishi, so‘lim sihatgohlarda salomatligini tiklashi, respublikamiz bo‘ylab diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlarga borishi, turli xil intellektual tanlovlarda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi va boshqa ko‘plab imtiyozlari borligi ma’lumot tariqasida yetkazildi. 

Tadbir davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech