JAMIYAT SEXLARIGA TASHRIFLAR DAVOM ETMOQDA
Ichki tartib-qoidalar, korrupsiyaga qarshi kurash, “Odob-axloq Kodeksi” mazmun - mohiyati, “Oilaviy huquq targ‘iboti oyligi” targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, yoshlar, xotin-qizlar, murojaatlar bilan ishlash, xodimlar masalalari va xodimlar ijtimoiy himoyasiga oid mavzular bo‘yicha tashriflarning keyingi manzili Soda ishlab chiqarish sexi bo‘ldi.
Mazkur mavzularni o‘z ichiga olgan seminarda Soda sexi xodimlariga mavzuga oid ma’ruzalar qilindi. Sex xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan mutaxassislarga yuzlanib, to‘laqonli javoblar oldilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati