Ру O`z En

JAMIYAT XODIMLARI O‘ZBEK TEATRI SAN’ATI JOZIBASIDAN BAHRAMAND BO‘LDILAR

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “- Bir asrdan ziyod shonli tarixga, ijodiy maktablarga ega bo‘lgan o‘zbek teatri san’ati o‘zining boy an’ana va qardyatlarini saqlab, zamon bilan hamnafas bo‘lib, izchil rivojlanib kelayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir”.

      Mazkur so‘zlarga amal qilgan holda ishchi-xodimlarda san’atga bo‘lgan ishtiyoqlarini yanada oshirishlari, ularni madaniyat shodasidan bahra olib, hordiq chiqarishlari uchun bir guruh xodimlar Farg‘ona shahrida joylashgan Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi musiqali drama-teatriga yuborildi. Teatrda Hans Kristian Andersenning “Yalang‘och qirol” asari asosida sahnalashtirilgan “Sehrli libos” nomli spektakli namoyish etildi. Spektakldan korxona xodimlari maroqli xordiq chiqardilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech