JAMIYATDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA IZCHIL ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abdurahmanova “Farg‘onaazot” AJga tashrifi doirasida korxonada yuritilayotgan barcha ichki hujjatlar, texnik hujjatlar, lavozim yo‘riqnomalari hamda kutubxonalarni ko‘zdan kechirdi. Shu o‘rinda, jamiyatning sex va boshqarmalariga korxonaning mas’ul bo‘limlari bilan birgalikda tashrif buyurishdi.
Sex va boshqarmalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxonaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga topshiriqlar berib o‘tdi. Aytib o‘tish joizki, davlat tilida ish yuritish, hujjatlarni o‘zbek tiliga o‘girish ishlari jamiyatda o‘tgan yil mobaynidan boshlab yuborilgan.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati