Ру O`z En

JAMIYATDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH, UNING MAVQEYINI YANADA OSHIRISH, MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA “SAYYOR SEMINAR” BO‘LIB O‘TDI

“O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarda tashkillab kelinayotgan “Sayyor seminar”ning keyingi manzili “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati bo‘ldi.

      Ta’kidlash joizki, bunday seminarlar tashkil etilishi barcha korxonalarda davlat tilida ish yuritishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bu borada xodimlar savodxonligini, ma’naviyatini yanada yuksaltirish va turli jabhalarda malaka almashinish kabi ishlarni samarali tatbiq etishga xizmat qiladi. 

    Seminarga tizim korxonalari vakillari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri o’rinbosari Zafar Ro’ziyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, O‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori Aziz Eminovlar ham tashrif buyurdilar.

    Mehmonlar korxonaning sex va boshqarmalari ma’naviyat xonalarini ko‘zdan kechirib chiqib, o‘z tavsiyalarini berib o‘tishdi. Seminarning yakunida jamiyat mas’ul vakillari tomonidan 2023 yilning 1 yanvariga qadar korxonaning barcha kirish-chiqish hujjatlari, peshlavhalari va jamoat tashkilotlari burchaklari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ta’minlanishi aytib o‘tildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech