JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH BO‘YICНA YIG‘ILISН O‘TKAZILDI
Jamiyatimiz ishchi-xodimlarini huquqiy savodxonligini oshirish, ularni mamlakatimizda yangi qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, konstitutsiyamizga kiritilayotgan yangiliklar, takliflar bilan tanishtirish, odob-axloq masalalari yuzasidan korxonamizning yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi hamda komplayens nazorat xizmati tomonidan yig‘ilish tashkillandi.
Yig‘ilishga korxona sex, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, jamoat tashkilotlari tashrif buyurishdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi 259-son “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati bilan yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmudjon Qayumov korxona xodimlarini yaqindan tanishtirib o‘tdi.
U ishtirokchilarni mamlakatimiz kelajagiga befarq bo‘lmaslikka va yurtimizdagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov yig‘ilishda o‘z nutqida joriy yilning may oyidan boshlab Prezident tashabbusi bilan Konsitutsiyaga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish masalasida Komissiya tuzilganligi va konstitutsiya loyihasi xalq muhokamasiga qo‘yilgani, berilgan takliflar yig‘ilib, o‘rganib chiqilayotganini aytib o‘tdi. Bu borada, Davlat rahbarimiz 20 iyun kuni komissiya a’zolari bilan uchrashib, bergan takliflarini birma-bir yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirdi. Shuningdek, korxonada odob-axloq mavzusiga jiddiy yondoshishni uqtirib, boshliq va xodim munosabatlari, o‘zaro hurmat, ayol va qizlar masalalari, inson qadri va muomala madaniyati borasida so‘z yuritdi. Konsitutsiyaga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflarni matbuot xizmatiga berishlarini, takliflar ko‘rib chiqilib “Kimyogar” gazetasida chop etilishini aytib o‘tdi.
Yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Nasiba Mahkamova yig‘ilishni yakunlar ekan o‘z so‘zida, barcha rahbarlarga yig‘ilishda aytilgan barcha ma’lumot va yangiliklar bilan ish joyida xodimlarini tanishtirib o‘tishlarini tayinladi.
“Fag‘onaazot” AJ matbuot xizmati