JAMIYATDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH: TAHLIL VA NATIJALAR
Korxonada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash doimiy tarzda davom ettirilib, aholi muammolari o‘rganib chiqilmoqda. Zero, Prezidentimiz Sh. Mirziyoуev aytganlaridek – “Xalq qabulxonalarini tashkil etishdan maqsad – jamiyatimizdagi adolat poydevorini yanada mustahkamlashdir”.
2023-yilning 1 yarim yilligida “Farg‘onaazot” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan 103 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 21 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasidan, 8 tasi sayyor qabullarda, 22 tasi bevosita jismoniy shaxslardan yozma murojaatlar va 52 tasi og‘zaki murojaatlarni tashkil etgan.
Bevosita “Farg‘onaazot” AJga kelib tushgan 82 ta murojaatlar bo‘yicha 16 tasi qanoatlantirildi, 66 tasiga esa tushuntirishlar berildi. Virtual qabulxona orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 3 tasi qanoatlantirildi va 18 tasiga tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tahlillarga ko‘ra, qanoatlantirilgan murojaatlarning aksariyati nogiron va kam ta’minlangan ishchi – xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalarni tashkil etadi.
Aytib o‘tish lozimki, tushuntirish berilgan fuqarolarning ko‘pchiligi korxonaga ishga joylashish yuzasidan murojaat qilishgan.
“Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan sayyor va shaxsiy qabullari orqali 60 nafar jismoniy shaxslar qabul qilingan.
Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi, ya’ni, 53 tasi – ishga joylashish, 11 tasi - homiylik, 10 tasi- mineral o‘g‘itlar sotib olish hamda 29 tasi- boshqa masalalarni qamrab olgan.
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
2023-yil 1-yarim yilligida jamiyatda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha OAVda chiqishlar soni 2 tani tashkil etgan va har chorakda jamiyatning “Kimyogar” gazetasi va ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirib borilmoqda.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati