JAMIYATIMIZ UCHUN ENG QADRLI BO‘LGAN KASB BAYRAMIMIZ - “KIMYOGARLAR KUNI” KORXONAMIZDA KENG KO‘LAMDA NISHONLANDI
Bayram arafasida korxona ma’muriyati xodimlarga kecha uyushtirib, dasturxon yozdi. Qirguli mavzesida joylashgan “Kimyogar” tantanalar majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirga korxona sex va boshqarmalarida ishlayotgan ishchi-xizmatchilar, mutaxassislar taklif etildi.
Bayram tantanasi avvalida korxona boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi
Dilshod Mannonov barchani qutlug‘ shodiyona bilan qutladi. Jamiyatimiz rahbari xodimlarga eng ezgu tilaklarini bildirib, barchaga sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tiladi. Korxona rivojidagi fidokorona mehnatlari uchun o‘z minnatdorchiligini aytib o‘tdi.
Tantanali tadbirda korxonada uzoq yillardan buyon samarali xizmat qilib kelayotgan bir guruh ishchi-xodimlari “O‘zkimyosanoat” AJning faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mazkur bayramda mehmonlar, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat bo‘linmasi raqs ansambllarining bir-biridan go‘zal o‘yinlaridan bahramand bo‘ldilar. Viloyatimiz xonandalari, xushovoz sohiblari o‘zlarining kuy va qo‘shiqlari bilan oqshom qatnashchilarini quvontirdilar. So‘z ustasi va qiziqchi Abdurahmon Siddiqov quvnoq hazil, mutoyibalar bilan barchaga zavq bag‘ishladi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati