Ру O`z En

JAMIYATIMIZDA 2022-YILDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOBI

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini faollashtirish maqsadida tashkil etilgan Komplayens nazorat xizmati tomonidan 2022-yil davomida talaygina ishlar amalga oshirildi.

     “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Komplayens xizmati bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar jarayonida korxonada manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, korrupsion xavf-xatarlarni kamaytirish, talon-taroj qilish, o‘g‘irliklar va boshqa salbiy holatlarni oldini olish va chek qo‘yish bo‘yicha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, shu kunga qadar jamiyatda korrupsiya illatini oldini olish bo‘yicha 15 ta  me’yoriy hujjatlar tayyorlanib, korxonaning har bir tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga yetkazilgan. Shu bilan birga:

  1. Jamiyat raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilidagi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi hamda huquqshunoslik bo‘limi bilan hamkorlikda “Farg‘onaazot” AJda yangi “Odob-axloq qoidalari” ishlab chiqilib, korxona boshqaruvi raisining
    2022-yil 6-iyundagi 980-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Ushbu me’yoriy hujjat bilan korxona ishchi-xodimlarini tanishtirish maqsadida tasdiqlangan reja asosida jamiyat bo‘lim va sexlarida tushuntirish ishlari olib borildi.  
  2. Bundan tashqari, jamiyat ishchi-xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsiya illatiga murosasiz munosabatini shakllantirish, huquqiy ongini va madaniyatini yuksaltirish maqsadida, “O‘quv-dasturi” (2022- yil 24 yanvardagi 115-sonli buyruq.)  ishlab chiqilib, tasdiqlangan jadval asosida komplayens nazorat xizmati xodimlari tomonidan bo‘lim va sexlarda o‘qitish ishlari amalga oshirildi.
  3. “Farg‘onaazot” AJ xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab  chiqilib, amalga oshirish ishlari olib borildi.
  4. 2022-yil davomida korxonaning Jismoniy va yuridik shaxslar qabulxonasiga 372 ta murojaatlar (103 tasi yozma, 249 tasi og‘zaki, 19 tasi sayyor qabullarda, 1 tasi jamiyat “ishonch telefoni”ga) bo‘lgan. Ulardan 277 tasi ishga joylashish masalasida, 22 tasi homiylik yordamini ko‘rsatish,  1 tasi xaridga oid, boshqa masalalar bo‘yicha 72 ta bo‘lib, barcha murojaatlar bo‘yicha tegishli javoblar berilgan.

Bevosita korxonaga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 134 tasi qanoatlantirilgan, 220 tasi bo‘yicha  tushuntirishlar  berilgan. Virtual qabulxona orqali kelib tushgan 18 murojaatdan 4 tasi qanoatlantirilgan, 14 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Tahlil qilish natijasida aniqlanishicha, tushuntirish berilgan fuqarolarning aksariyati ishga joylashish bo‘yicha murojaat qilgan. Ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan. Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ rahbariyati tomonidan 2022-yil 11-fevralda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi qaroriga asosan ishchi-xizmatchilar va boshqa fuqarolarning muammolari bo‘yicha murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilish maqsadida jamiyat Komplayens nazorat xizmati hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘shqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda  @fargonaazotanticorbot  telegramm-bot kanali ishga tushirilgan.

 

   Shu o‘rinda, shartnomalar tuzish, tender va tanlovlar o‘tkazish ishlarida qonun buzilish holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar jarayonida aniqlanishicha, 2022-yil davomida korxona tomonidan  jami 812 401 291 385 so‘mlik 1712 ta shartnomalar tuzilgan bo‘lib, to‘g‘ridan- to‘g‘ri tuzilgan jami 560 mlrd. 830 mln. 306 ming 768,90 so‘mlik 233 ta shartnomalar asosan monopolist tashkilotlar bilan  kommunal to‘lovlar uchun hamda korxona tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi, suv va xizmat ko‘rsatish, loyiha tashkilotlari bilan amalga oshirilgan.

Ushbu davrda birja orqali jami 12 mlrd. 558 mln. 308 ming 272 so‘m bo‘lgan 24 ta tenderlar ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiq o‘tkazilgan. Jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq-xo‘jalik, sanoat mahsulotlarini sotib olmoqchi bo‘layotgan yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan  552 ta  shartnomalarda ko‘rsatilgan  holatlar o‘rganib chiqildi va tegishli xulosalar berilgan.

           Jamiyat huquqshunoslik, sotishni tashkil etish va ta’minot bo‘limlari bilan birga olib borilgan tadbirlar jarayonida 246 nafar kontragentlar (noinsof tadbirkorlik subyektlari) birja savdolaridan keyin o‘z vaqtida mahsulotlarni olib kelmaganliklari va texnik talab shartlarini to‘lik bajarmaganliklari sababli korxona tomonidan 3 mlrd. 825 mln. 056 ming so‘mlik jarimalar undirib olingan.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257 Farmoni hamda “Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi tomonidan 2021-yil 17-iyunda tasdiqlangan “Farg‘onaazot” AJda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati”ning 5.4 bandi talablaridan kelib chiqib, korxonaning me’yoriy hujjatida ko‘rsatib o‘tilgan 210 nafar xodimlar manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyani to‘ldirishdi va deklaratsiyalash natijasida 4 nafar rahbar xodimlarda manfaatlar to‘qnashuvi hamda
    6 nafar xodimlarda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi borligi aniqlandi. Mavjud holatlar axloq komissiyasida ko‘rib chiqilib, manfaatlar to‘qnashuvi bartaraf etildi. O‘tkazilgan deklaratsiyalash natijalari korxona rasmiy veb saytga joylashtirildi.

 

  1. Jamiyat boshqaruvi raisining 2021-yil 30-iyuldagi 1187-sonli buyrug‘iga asosan korxona sexlarida “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyatini o‘rganish uchun yuborilgan guruh a’zolari bilan hamkorlikda asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish ishlari o‘tkazilib, natijada 2 mlrd. 154 mln. 200 ming 741 so‘m miqdoridagi TMB kamomadlari aniqlandi.

 

  1. Hisobot davrida o‘tkazilgan 12 ta xizmat surishtiruvlar jarayonida aniqlangan 6 nafar salbiy holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy ko‘rib chiqilishi uchun Prokuratura idoralariga yuborildi. Shuningdek, 5 nafar xodimlar bilan xizmat shartnomalari bekor qilindi, 7 nafariga “hayfsan” jazo choralari ko‘rildi, 18 nafariga “qattiq ogohlantirish”, 12 nafar ishchi-xodimlarning oylik maoshlaridan ma’lum bir foizdagi jarimalar ushlab qolindi.  Aniqlangan korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida  komplayens nazorat xizmati tomonidan amalga oshirilgan ichki xizmat surushtiruvlari xulosalarida jamiyat rahbariyatiga  har bir surishtiruv ishlari xulosalarida tegishli takliflar berilgan.

 

  1. “Farg‘onaazot” AJda aniqlangan salbiy holatlarni takrorlanishini oldini olish hamda ishchi-xodimlar huquqiy ongini yuksaltirish va korrupsiya illatiga nisbatan toqatsizlik prinsipini shakllantirish maqsadida yil mobaynida jami 72 ta profilaktik tadbirlar: 2 ta radio orqali profilaktik tadbir, 1 ta matbuot anjumani, 1 ta insho, 1 ta test sinovlari, 11 ta “Kimyogar”  va 1 ta “Nuqtai nazar” gazetalarida maqolalar, 9 ta semenar-treninglar, 46 ta umumiy profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, korxona rasmiy saytiga joylashtirish ishlari amalga oshirildi.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirlar va korxona rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan choralar natijasida jamiyatda bir qator ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Jumladan, jamiyat ishchi xodimlari o‘rtasida o‘g‘irlik holatlari, mayda tashmachilik, moddiy zarar keltirish holatlari hamda mehnat intizomini buzish holatlari keskin kamaydi.     

Shuningdek, korxona rahbariyati tomonidan  bayram va turli ma’rifiy, sport tadbirlari davomida ishchi-xodimlarni rag‘barlantirish ishlari amalga oshirib borilayotganligi natijasida ma’naviy muhit yaxshilanishiga hamda korrupsion holatlarni kamayishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.

Aytib o‘tish joizki, korxona boshqaruvi raisi D.E.Mannonov tomonidan komplayens nazorat xizmatiga 2023-yilda jamiyatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

 

 

          “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech