Ру O`z En

JAMIYATIMIZDA LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SAMARALI ISHLAR AMALGA OSHIRIB BORILMOQDA

Bu borada kuni kecha jamiyatning sexlariga korxonaning matbuot xizmati rahbari, boshqaruv raisi maslahatchisi, yuridik va ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, komplayens nazorat xizmati boshlig‘i, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi tashrif buyurishdi.  

    Tashrifda sexlardagi barcha yozuvlar, ya’ni, peshlavhalar, xizmatlar nomlari, faxriy burchaklar, yong‘in xavfsizligi va sanoat xavfsizliklari bo‘yicha ko‘rsatmalar peshtaxtalari ko‘zdan kechirilib, sexlar mas’ullariga yozuvlarni  lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida qilish-tayyorlash topshiriqlari berib o‘tildi.

   Shuningdek, ichki va tashqi hujjatlar yuritilishi borasida ko‘rsatmalar berib o‘tildi. Aytib o‘tish joizki, mazkur ishlar Hukumatimizning 2021 yil 10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tkazib borilmoqda.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech