JAMIYATIMIZDA XOTIN QIZLAR BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI RAISI SAYLAB OLINDI
Unga ilgari jamiyatning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi Umidaxon Axundjanova saylandi.
Saylov ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilib, unda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abdurahmanova ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, korxonada ayol va qizlarimizning jamiyatdagi o‘rnini yanada kuchaytirish, ularni rahbar lavozimlariga tayinlash, partiyalar deputatligiga nomzodlarini qo‘yish, shu o‘rinda, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilaviy, ish joyi hamda turli o‘ylantirayotgan savol va muammolariga yechim topish dolzarb mavzulardan biri bo‘lib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Tayinlash marosimida Xotin qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi lavozimiga korxonada avvaldan faoliyat yuritib kelayotgan 3 nafar xodim nomzodi ko‘rsatildi. Aksariyat ovozlar soniga ko‘ra, malakali xodim Umidaxon Axundjanova ushbu lavozimga loyiq deb topildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati