Ру O`z En

JAMIYATIMIZNING KOMPLAENS NAZORAT XIZMATI TOMONIDAN “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH-DAVR TALABI” SHIORI OSTIDA UMUMIY PROFILAKTIK SEMINARLAR O‘TKAZILMOQDA

Seminarlarda komplaens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov xodimlarga korrupsiyani oldini olish, unga oid qaror va qonunlar, uning oqibatlari borasida batafsil ma’lumotlar berib o‘tmoqda. Shu o‘rinda, korrupsiyaga korxonamizda o‘rin yo‘q ekanligini va unga qat’iy jazo muqarrar ekanligini aytib o‘tdi. U korxonamiz xodimlariga ish joylarida qanday korrupsion holatlar guvohi bo‘layotganliklari, qanday adolatsizliklarga duch kelayotganliklari to‘g‘risida savollar bilan yuzlandi. Bu holatlarda zudlik bilan komplaens nazorat xizmatiga murojaat qilishlari lozim ekanligini tayinladi.  

   Profilaktik seminarlar xozirgi kunga qadar korxonamizning Sirka angidridi va sirka kislotasini qayta tiklash  sexi hamda Havo ajratish sexi, Elektr ta’minoti, Suv-bug‘ ta’minoti va sanoat oqova,  Ta’mirlash – qurilish va  Mexanikaviy ta’mirlash, ATS va Metall parchalarini tayyorlash va topshirish, Jihozlarni markazlashgan tarzda ta’mirlash sexlari, Qutqaruv otryadi, Sanitar laboratoriyasi, Markazlashtirilgan buxgalteriya, Mehnatni tashkil etish va ish haqi, Sotib olish bo‘limlari, Logistika, Mukammal qurilish, bino va inshootlarni ta’mirlash, Istiqbolli rivojlantirish va  investitsiyalar boshqarmalarida bo‘lib o‘tdi.

  • Seminarlar jamiyatimiz sexlari bo‘ylab davom etmoqda. Korxonamizda tashkillangan bu kabi profilaktik seminarlar xodimlarimizni halollik ruhida tarbiyalash, korrupsiyani oldini olish, o‘zi va o‘zgalarni bu kabi illatlardan xalos qilishda katta hissa qo‘shib kelyapti – deydi komplaens nazorat xizmati yetakchi mutaxassisi Shuxrat Boboyev.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech