Ру O`z En

JAMIYATNING AYOL-QIZLARI BILAN YAQINDAN ISHLANMOQDA

Joriy yilning aprel oyidan boshlab “Farg‘onaazot” AJda faoliyat yuritib kelayotgan ayollar bilan yaqindan ishlash, ularning ma’naviy, psixologik saviyasini oshirish,  jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlari uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va korxona “Odob axloq kodeksi”ni bandlarini yanada chuqurroq tushintirish bo‘yicha seminar treninglar va suhbatlar tashkil etilib kelinmoqda.

      Ularning biri bugun, 2024-yil 13-may kuni Sinov laboratoriyalari kompleksi ayol va qizlari o‘rtasida o‘tkazildi. Unda korxona psixologi Nargiza Ergasheva ham ishtirok etib, o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, stress holatlarda o‘zini boshqarish va  jamoadagi psixologik holatni muvofiqlashtirish bo‘yicha treninglar o‘tkazdi.

     Shuningdek, yuqorida aytilgan mavzular bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, xodimalar takliflari yozib olindi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech